Bugun, 11 may kuni Özbekiston musulmonlar idorasi majlislar zalida yurtimizga Ramazon oyi kirib kelişi va uni tartibli ötkaziş böyiça matbuot anjumani ötkazildi. Anjumanda Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari Nurimon Abulhasan, ÖMI raisi örinbosari Abdulaziz Mansur, imom-xatiblar, jurnalistlar va diniy ta'lim muassasalari xodimlari iştirok etişdi.

«Kun.uz» manbasi xabar berişiça, yiğilişda Ramazon oyi fazilatlari haqida gaplaşildi, iftorlik masalasida kimözarga bellaşmaslik söraldi.

Şayx Abdulaziz Mansur tomonidan Astronomiya instituti ilmiy xulosalariga asosan, Ramazonning birinçi kuni 17 may kuni bölişini e'lon qilgan. Bu e'lon bugun juma namozida imom-xatiblar tomonidan aholiga yetkaziladi.

El-yurtimiz uçun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-şafqat ramzi bölib kelayotgan muborak Ramazon oyi munosabati bilan sayt tahririyati barçani tabriklaydi va barçaga ezgu va xayrli amallar hamroh bölişini tilab qoladi.