Taniqli tadqiqotçi olim Ketrin Eşerning fikriga köra, Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistondagi qisqa muddatli hukmronligi davrida Temuriylar davri quriliş uslubini Hindiston me'morçiligiga olib kirişga muvaffaq bölgan.

Olim yana şunday ma'lumot beradi: «Bizning kungaça uçta masjid saqlanib qolgan. Panipatdagi «Qobuliy boğ» va yana boşqa ikki masjid: ulardan biri Sambhalda, ikkinçisi Ayodhiyada qad kötargan. Ularning barpo bölişida Boburning özi va aqoriblari bevosita rahnamolik qilişgan».

Toşkent Arxitektura-quriliş instituti dotsenti Nafisa Gilmanova öz ilmiy tadqiqotlari natijasi bölgan ayrim ma'lumotlarni taqdim etdi.

Uning aytişiça, Panipatdagi «Qobuliy boğ» masjidi Hariyana ştatida joylaşgan bölib, uşbu masjid qurilişi 1528 yilda tugallangan. Masjidning markaziy qismida qiblaga qaratib qurilgan peştoq qad kötarib turibdi. Masjid mehrobi toşdan terilgan, inşootning qolgan devorlari ğiştdan tiklangan bölib, sirti suvoqlangan.

Oq-qora marmarga bitilgan Qur'on oyatlari yozuvi 1527-1528 yillarga mansub. Quriliş çoğida hind ustalari ayrim mahalliy me'moriy uslublarni işlatganlariga qaramay, «Qobuliy boğ» masjidining umumiy me'morçiligi Samarqanddagi «Bibixonim» me'moriy majmuasiga yaqin.

Foto: «Qobuliy boğ» masjidi
Foto: «Qobuliy boğ» masjidi
Foto: «Qobuliy boğ» masjidi

«Sambhal» masjidi esa şu nomli vohada Dehlidan 140 km uzoqliqda joylaşgan. Öşa davrga oid hind miniatyuralaridan birida Bobur ot mingan holda «Sambhal» masjidini eslatuvçi minora qarşisida tasvirlangan.

Foto: «Sambhal» masjidi

Ram Nathning guvohlik berişiça, inşootdagi uç yozuvdan bittasida quyidagi jumlaga duç keliş mumkin: «Bobur farmoni bilan bu masjid qurilişi uning aqoribi Mir Hindubek tomonidan 933 (1526) yilda boşlandi».