Jahon | 11:15 / 04.10.2025
1567
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada 29-marta Ochiq masjidlar kuni o‘tkazildi

Germaniya 29-Ochiq masjidlar kunini o‘tkazdi. 1997 yildan beri u har yili Germaniya birligi kunida o‘tkaziladi, bu vaqtda aholi GDR va GFRning birlashishini nishonlaydi.

Foto: AP

3 oktyabr, juma kuni Germaniya bo‘ylab 700 dan ortiq masjidlar 1997 yildan beri har yili Germaniya birligi kunida o‘tkazib kelinayotgan Ochiq masjidlar kunida ishtirok etdi. Shu kuni istalgan kishi masjidlarga tashrif buyurishi mumkin, deya xabar beradi Evangelischer Pressedienst (epd) axborot agentligi.

Bu yil ushbu kun «E’tiqod insoniyat kompasi» shiori ostida o‘tkazilmoqda. Tashkilotchilar e’tiqod «jamiyatda uyg‘un yashashga» qanday hissa qo‘shishini «ko‘rsatmoqchi». Shu maqsadda kun davomida sayohatlar, ko‘rgazmalar, suhbatlar o‘tkazildi.

Masalan, Kyolndagi markaziy masjidda o‘tkazilgan tadbirda shahar burgomistrlaridan biri, XDI vakili Ralf Elster ishtirok etdi. O‘zining tabrik so‘zida u insoniyat, xususan, ijtimoiy qutblanish kuchayib borayotgan bir davrda odamlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, o‘zaro munosabatlarning markaziy poydevoriga aylanishini ta’kidladi.

Ochiq masjidlar kuni 1997 yildan beri har yili Germaniya birligi kunida, mamlakat aholisi GDR va GFR birlashganini nishonlaydigan milliy kunda nishonlanadi.

2007 yildan buyon «Ochiq masjidlar kuni» musulmonlar muvofiqlashtiruvchi kengashi qoshida birlashgan islom birlashmalari va diniy jamoalar tomonidan o‘tkazib kelinmoqda. Tashkilot bu kunni «fikr almashishni osonlashtirish», «diniy hayotni ko‘rish va muloqotni rag‘batlantirish» uchun o‘tkazayotganini ta’kidlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid