Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo Velosiped sporti Konfederatsiyasi Toshkentda. Ahmadjonov shu yilda velosport bo‘yicha 300ta musobaqa o‘tkazmoqchi
8 may kuni O‘zbekistonga Osiyo Velosiped sporti Konfederatsiyasi prezidenti (ACC) (Birlashgan Arab Amirliklari) Osama Ahmad al-Shafar boshchiligidagi xalqaro delegatsiya tashrif buyurgandi.
Bugun 11 may kuni soat 11:00da Milliy Olimpiya qo‘mitasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov xamda O‘zbekiston velosiped sporti raisining birinchi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev Osiyo velosiped sporti Konfederatsiyasi Prezidenti Osama Ahmad Abdulla al Shafar (ACC); Shayx Xolid Hamad Ahmad Al Xalifa - Osiyo velosiped sporti Konfederatsiyasi vitse Prezidenti (ACC) Malayziya; Amarjit Singh - Osiyo velosiped sporti Konfederatsiyasi vitse prezidenti (ASS) Bahrayn qirolligi; Onkara Singh - Osiyo velosiped sporti Konfederatsiyasi Bosh kotibi (ASS) bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Milliy olimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar 2019 yilda velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilishdi.
«2019 yilgi Osiyo chempionati O‘zbekistonda o‘tishidan xursandmiz. Mazkur nufuzli musobaqani yuqori saviyada o‘tkazishimizga ishonchingiz komil bo‘lsin. Bugungi kunda O‘zbekistonda Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda federatsiyalar yaqindan hamkorlikda ish olib bormoqda. Avvallari ushbu tashkilotlar tarqoq holda ishlashardi. Biz nafaqat Osiyo chempionatini, balki kelajakda jahon chempionatini ham O‘zbekistonda o‘tkazishni istaymiz», – dedi Umid Ahmadjonov.
O‘z navbatida Osama Axmad al Shafar Osiyo velosport Konfederatsiyasi 2019 yilgi musobaqani tashkil etishda O‘zbekistonga yordam berishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
«O‘zbekistonda bo‘lib turganimdan xursandman. Mamlakat sportida ro‘y berayotgan islohotlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib turibman. Milliy Olimpiya qo‘mitasi va vazirlik hamkorlikda ishlayotganidan mamnunman. Osiyo chempionatini tashkil qilishda O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasiga qanday yordam kerak bo‘lsa berishga tayyormiz. Osiyo velosport Konfederatsiyasi mutaxassislari Toshkentda bir necha kun bo‘lib, 2019 yildagi Osiyo chempionatini yuqori saviyada o‘tkazish masalasida yordam beradilar», – dedi mehmon.

MOQ rahbari Umid Ahmadjonov shuningdek, Toshkentda mashhur sportchi va murabbiylar ishtirokida master-klass va seminarlar o‘tkazish borasida ham Osiyo velosport Konfederatsiyasi Prezidentiga murojaat qildi.
«Biz O‘zbekistonda ko‘proq xalqaro musobaqalar o‘tkazishni istaymiz. Velosportni rivojlantirish yo‘lida maxsus dastur ishlab chiqqanmiz. Sportning ushbu turini eng quyi bo‘g‘in – bog‘chalardan boshlab rivojlantiramiz. Mashhur sportchi va murabbiylarni Toshkentga yuborib, turli seminar va master-klasslar o‘tkazish masalasida amaliy yordam bersangiz xursand bo‘lardik. Federatsiya bilan kelishgan holda shu yilning o‘zida 300ta musobaqa o‘tkazamiz», – dedi Umid Ahmadjonov.
Shuningdek, tomonlar o‘zbek velosportida yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, jumladan fotofinishlarni joriy etishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov an'anaga muvofiq Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan mehmonlarga esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.
Mavzuga oid
21:59 / 09.11.2020
Umid Ahmadjonov BAA futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi
20:22 / 13.06.2019
«Qilganlarimiz va qila olmaganlarimiz uchun muxlislar bizdan rozi bo‘lishsin». O‘FAdan ketgan Umid Ahmadjonov bilan intervyu
15:20 / 13.06.2019
Tribuna.uz: Umid Ahmadjonovning o‘rnini Ravshan Ermatov egallashi kutilmoqda
13:58 / 13.06.2019