Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan taşqari pensiya jamğarmasi işlab çiqqan “Davlat pensiya ta'minoti tizimini isloh etiş konsepsiyasi” loyihasi aholi e'tiboriga havola etilganidan buyon keng muhokama qilinmoqda. Kontseptsiyani işlab çiqişga nima sabab böldi?
Bu savolga javob berişdan oldin pensiya ta'minoti tizimi nimaga xizmat qilişiga töxtalib ötsak, deb yozadi ÖzA.
Bu tizim mehnatga layoqatsiz va kam ta'minlangan fuqarolarning turmuşini ta'minlaşga yönaltirilgan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va taşkiliy xarakterga ega bölgan qator çora-tadbirlar kompleksini nazarda tutadi.
Uşbu tizim 3,3 milliondan ortiq fuqaroni qamragan. Bu mamlakat aholisining taxminan 10 foizi, demakdir. Bunda yoşga doir pensiya oluvçilar – 2 502,6 ming, nogironlik pensiyasi oluvçilar – 360,3 ming, boquvçisini yöqotganlik uçun pensiya oluvçilar – 168,5 ming va ijtimoiy nafaqa oluvçilar – 294,1 ming nafarni taşkil etadi.
Demografik başoratlarga köra, 2018-2025 yillarda pensiya yoşidagi aholining uluşi (1,2 million kişiga) oşişi kutilmoqda. Bu esa, öz navbatida, Pensiya jamğarmasi xarajatlarining mutanosib ravişda oşişiga olib keladi.
Fuqarolar pensiya ta'minoti tizimining asosiy körsatkiçlaridan biri pensiya yoşi hisoblanadi. Tahlillar şuni körsatmoqdaki, dunyoda örtaça pensiya yoşi erkaklar va ayollar uçun 62 yoş bölsa, Özbekistonda bu körsatkiç 57,5 yoşni taşkil etadi (ayollar uçun 55 yoş, erkaklar uçun 60 yoş).
Fuqarolarning ijtimoiy suğurta tizimida uzluksiz va uzoq muddatli iştirokini rağbatlantiriş mexanizmi murakkab va şaffof bölmasdan qolmoqda. Mehnatga layoqatli aholi 60 foiz (qariyb 17 million kişi)ni taşkil etsa, taxminan 10,2 million kişi davlat ijtimoiy suğurtasi bilan qamrab olinmagan. Ya'ni, ular Byudjyetdan taşqari pensiya jamğarmasiga ijtimoiy ajratmalarni amalga oşirmayapti.
Xalqaro mehnat taşkiloti talablariga muvofiq, fuqarolarning pensiya ta'minoti tizimi barqaror rivojlanişi uçun badal tölovçilar sonining pensiya oluvçilarga özaro nisbati 1:4 darajada bölişi kerak. Biroq bugungi kunda Özbekistonda bu körsatkiç örtaça 1:1,5 ga teng.
Ta'kidlaş joizki, pensionerlar sonining işlovçi aholiga nisbati 2009 yildagi 61 foizdan 2017 yilda 66 foizga ösgan.
Pensiya jamğarmasi mablağlarining sezilarli qismi imtiyozli pensiyalarni moliyalaştirişga sarflanadi. Imtiyozli şartlarda tayinlangan pensiyalar uluşi 592,4 ming kişini yoki jami tayinlangan pensiyalarning 19,5 foizini taşkil etib, şundan yoşga doir pensiyalar 23,7 foizni taşkil etadi. Yiliga örta hisobda 39,8 mingta imtiyozli pensiya tayinlanmoqda.












