Ayni paytda surxondaryolik dehqonlarning boşi qotgan. Sababi, ertaki piyoz narxi içki bozorda tuşib ketdiki, bu foyda oliş tugul, ekin parvarişi uçun sarflagan mablağiga kuyib qoliş ehtimolini ham oşirmoqda. Qozoğiston hamda Rossiyada mamlakatimizda yetiştirilgan sabzavotlar qatorida, piyoz ham ança xaridorgir bölib turgan bir paytda Surxondaryoda nega vaziyat şu darajaga yetdi?
— Ne-ne umidlar bilan tomorqamizga piyoz ekkandik, — deydi Denov tumanining Jamatak mahallasida yaşovçi Ğafur Isoqulov. — Hosil yiğiştirib olingan hozirgi paytda ulgurji xaridorlar piyozning kilosini 250-260 sömdan sotib olmoqda. Sotmaylik, desak, bu ham ziyon. Hisob-kitob qiladigan bölsak, piyoz uruğining kilosini 400 ming sömdan sotib olgandik. Parvarişi davomida 6 qop mineral öğit işlatilgan bölsa, uning har qopi 60 ming söm xarid qilingan. Şu xarajatlarning özi 720 ming sömga boryapti. Bundan taşqari, uning mehnati-çi?! Suğoriş mayliku-ya, ammo begona ötdan tozalaş azob. Töğrisi, piyoz ekişdan könglimiz sovib ketdi. Birgina men emas, yon qöşnilarimning hafsalasi pir böldi. Özingiz öylab köring, olti tonna piyoz 1 million 560 ming sömga baholanmoqda! Ekiş oldidan qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiladigan korxonalar sotib oladi, deyişgandi. Bilmadik, bu korxonalar piyoz narxi yana tuşişini kutişyapti şekilli?
“Xalq sözi” muxbiri bu vaziyatni önglaş uçun mutasaddilar tomonidan qanday tezkor çora-tadbirlar körilayotgani bilan qiziqdi.
— Viloyatimizda 7815 gektar maydonga ertaki piyoz ekilgan, — deydi Surxondaryo viloyati hokimligi tadbirkorlik, işbilarmonlik muhitini rivojlantiriş va eksportni qöllab-quvvatlaş guruhi rahbari Şuhrat Dösmurodov. — Aprel-iyun oylarida olinadigan hosil 140 ming tonnani taşkil etişi kutilmoqda. Ertaki piyozni uzoq muddat saqlaşning imkoni yöq. Şu bois mahsulot nobudgarçiligining oldini oliş uçun içki iste'moldan ortiqça qismini eksportga jönatiş, respublikamizga valyuta mablağlari jalb qiliş közda tutilgan. Vohamiz dehqonlari tomonidan yetiştirilgan ertaki piyozning 35 ming tonnasini eksport qiliş rejalaştirilgan. Biroq Surxon vohasida ob-havo isib ketganligi bois ekilgan ertaki piyoz 10 — 15 aprelda pişib yetildi.
Suhbatdoşining uşbu gapini qanday izohlaşga ham hayronmiz? Axir hosil qança erta yetilsa, şunça yaxşi emasmi? Yoki viloyat mutasaddilari qişning kamyoğin va iliq kelganidan bexabarmi? Prezident tomonidan tomorqaning har qariçidan unumli foydalaniş, mahsulot yetiştirişdan tortib, uni saqlaş, eksport qiliş böyiça qulay tizim yaratiş, dehqonlarga har tomonlama kömak beriş böyiça mutasaddilar oldiga qöygan talab Surxondaryo viloyatidagilarga taalluqli emasmi?











