Xitoylik milliarder Eng Lep Sen AQŞda tört yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, bunga uning BMT ikki xodimini pora berib öz tomoniga oğdirib olgani sabab böldi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Tadbirkor 2015 yilda hibsga olingandi. Prokurorlarning sözlariga köra, u BMTning ikki amaldoriga umumiy hisobda taxminan 1 mln dollar miqdorida pora bergan, bu ular Makaoda konferents-markaz qurilişiga yordam körsatişi uçun qilingan. Eng Xitoy maxsus tumanini «Osiyo Jyenevasi»ga aylantirmoqçi bölgan, şuningdek, «maşhurlik va boylikka» erişmoqçi bölgani aytilmoqda.

Yakunda konferents-markaz qurilmadi. Prokurorlar milliarder uçun olti yil söraşdi, advokatlar tadbirkorni vataniga qaytariş haqida murojaat qilişdi. Manxetten sudi uni tört yillik qamoq jazosiga hukm qildi.