"Biz yadroviy bomba bilan ishlamaymiz, aksincha, bizning siyosatimiz — tiyilish siyosati, bu yo‘nalishda Isroilga qarshilik qilish maqsadida Eronning raketa quvvati kun sayin oshib bormoqda. Agar Isroil o‘ylamay ish qiladigan bo‘lsa, u holda biz Tel-Aviv va Xayfani yer bilan yakson qilamiz", - dedi Xotamiy.

Bundan avval Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman Suriya prezidenti Bashar Asadni mamlakatdan Eron tuzilmalarini "haydash"ga chaqirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Damashq ulardan faqat zarar ko‘radi va ularning mavjudligining o‘ziyoq muammo keltirib chiqaradi.