Özbekiston Respublikasi prezidenti “Allergik kasalliklarni profilaktika qiliş, ularga taşxis qöyiş va davolaşni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan belgilanişiça, Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi ikki oy muddatda xalqaro tajribani hisobga olgan holda:
Fanlar akademiyasi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda allergen ösimliklar çangi töplanişini kuzatişni va muayyan hududda allergiya patologiyasi bilan kasallangan bemorlarni xabardor qilişni nazarda tutadigan aerobiologik monitoring tizimini yaratiş;
Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi bilan birgalikda allergik kasalliklar taşxisini ultrazamonaviy biologik mikroçiplarni qöllagan holda taşkil etiş, şuningdek, kelgusida Özbekiston Respublikasi aholisining “allergik pasportini” işlab çiqiş;
Soğliqni saqlaş vazirligi bilan birgalikda yetakçi xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda allergologiya va immunologiya sohasida ilmiy-taşxis, ta'lim va işlab çiqariş innovatsiyalarini rivojlantiriş maqsadida laboratoriya va ilmiy amaliyotning xalqaro standartlariga (GLP, GSP) javob beruvçi Xalqaro molekulyar allergologiya va immunologiya markazini taşkil etiş böyiça takliflarni işlab çiqadi hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.












