Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YouTube’da foydalanuvchilarga tanaffus qilishni eslatuvchi funksiya joriy qilindi
YouTube’da foydalanuvchilarga videoroliklarni tomosha qilish vaqtida tanaffus qilib olishni eslatuvchi funksiya joriy qilindi. “Menga tomoshadan dam olishni eslatish” deb nomlangan bu funksiya YouTube’ning Android va iOS uchun yangi versiyalarida joriy qilingan.
Dastur 15, 30, 60, 90 va 180 daqiqadan keyin videoni tomosha qilishdan dam olish lozimligini eslatishi mumkin. Belgilangan vaqtdan keyin video to‘xtaydi, so‘ngra foydalanuvchi ogohlantirishni o‘tkazib yuborib, namoyishni davom ettirishi mumkin. Taymer videodagi pauzalar va dastur yopilishini ham hisobga oladi.
Boshlang‘ich holatda bu funksiya o‘chirilgan bo‘ladi.

Mavzuga oid
00:15 / 14.06.2026
YouTube'da ilk bor 500 mln obunachiga ega bloger paydo bo‘ldi
19:25 / 20.05.2026
Feyk xabarlarga chek qo‘yish: YouTube jiddiy yangilanishni tayyorlamoqda
18:08 / 12.03.2026
YouTube siyosatchilar va jurnalistlarni dipfeyklardan himoya qilishni boshlaydi
22:58 / 10.02.2026