Bugun, 12 may kuni Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev va Xalq deputatlar Olmazor tumani kengaşi vakillari iştirokida qöşma majlis bölib ötdi. Olmazor tuman hokimiyati binosida ötkazilgan mazkur majlisda tumanga yangi xokim saylanişi masalasi körildi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, taklif qilib körsatilgan Baxtiyor Rahmonov nomzodi qatnaşganlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi. Tuman kengaşi deputatlari sözga çiqib, yangi tuman hokimini tabrikladi. Kelgusida amalga oşirmoqçi bölgan oqilona siyosatiga tuman kengaşi deputatlari ham amaliy kömak berişga tayyor ekanligini ta'kidlaşdi.

“Baxtiyor Sultonoviç, men sizga oçiği hasad qilaman. Nega? Çunki siz haqiqiy tajribali hokimsiz. Sizdan köp narsa örgansa böladi”, deb Jahongir Ortiqxöjayev yangi hokimning kelgusi işlariga muvaffaqiyat tiladi.

Olmazor tuman hokimi Rahmonov sözga çiqib, majlis iştirokçilari tomonidan unga bildirilgan işonçni oqlaşi, kelajakda tuman hududini yanada obodonlaştirişga oid siyosatni olib borişi töğrisida öz fikrlarini bildirib ötdi.










