Rim papasi Frantsisk uçun maxsus yaratilgan Lamborghini Huracan maşinasi Sotheby's auksionida 715 ming yevroga sotildi. Auktsion 12 may kuni bölib ötgan.
Uşbu avtomobil Lamborghini kompaniyasi tomonidan yagona nusxada, Vatikanning an'anaviy ranglarida tayyorlangan va konsern rahbariyati tomonidan pantifikka 2017 yil noyabrida taqdim qilingandi. Maşina papa yaşaydigan Vatikandagi Apostollik saroyi binosi oldiga olib kelingan. Maşinani papaga topşiriş marosimida Lamborghini’ning prezidenti Stefano Domenikali va boşqa yuqori lavozimli xodimlari hamda avtomobilning yaratilişiga öz hissalarini qöşgan ikki işçi iştirok etgan.
Rim papasi maşinaga öz dastxatini qöygan. Öşandayoq maşina auksionda sotilib, olingan pullar xayriya işlariga yönaltirilişi ma'lum qilingandi.
Lamborghini xabarida aytilişiça, savdodan tuşgan barça pullar papaga topşiriladi. Papa bu pullarni 4 ta xayriya jamğarmasi örtasida taqsimlaşga qaror qilgan.

Lamborghini Huracan’ning seriyali variantining narxi 183 ming yevrodan boşlanadi.












