Özbekistonda taşqi savdo aylanmasi 2018 yil yanvar-aprel oylarida 11,3 mlrd. AQŞ dollarini, şu jumladan eksport 5,0 mlrd. AQŞ dollarini va import 6,3 mlrd. AQŞ dollarini taşkil qildi. Taşqi savdo aylanmasi saldosi minus 1,3 mlrd. dollarni taşkil etdi.
Eksport tarkibida energiya manbaalari va neft mahsulotlari ötgan yilning şu davriga nisbatan 66,2 foizga ösişi tabiiy gazning 1,9 martaga oşgani hisobiga töğri kelmoqda. Kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar esa 7,3 foizga ösdi, şundan plastmassa va plastmassa buyumlarining eksporti 16,7 foizga oşdi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportining ötgan yilning şu davriga nisbatan 41,6 foizga ösişi oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmining 41,9 foizga ösişiga olib keldi.

Import tarkibida asosiy uluş maşina va asbob-uskunalar (umumiy import hajmida 32,5 foiz) va kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (12,3 foiz) hisobiga töğri kelmoqda.

2018 yil yanvar-aprel oylarida taşqi cavdo aylanmasi saldosi minus 1310,5 mln dollarni taşkil qildi, şundan MDH davlatlari bilan minus 835,5 mln dollar va boşqa davlatlar bilan 475,0 mln dollarni taşkil etdi.

MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozoğiston, Belarus, Ukraina, Qirğiziston va Tojikiston davlatlari taşqi savdo aylanmasida asosiy hamkorlar hisoblanib, ularning jami taşqi savdo aylanmasidagi uluşi 28,0 foizni taşkil qildi, boşqa davlatlar orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Afğoniston, Germaniya, Latviya, Eron, Fransiya davlatlari hisoblanib, ularning uluşi 32,1 foizni taşkil qildi.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmi 115,9 mln dollarni taşkil qildi yoki ötgan yilning şu davriga nisbatan 41,6 foizga oşdi. Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmida 17,3 foizni meva va rezavorlar (ötgan yilning şu davriga nisbatan 9,0 foizga ösdi), 65,6 foizni sabzavotlar (59,4 foizga), 13,0 foizni uzum (3,4 foizga) taşkil qiladi.














