Amerika Qöşma Ştatlarining Özbekistondagi elçixonasi jurnalist Bobomurod Abdullayevning ozod qilinişi böyiça bayonot bilan çiqdi. 

“Amerika Qöşma Ştatlari yetti oylik sud jarayonidan söng, 7 may kuni jurnalist Bobomurod Abdullayevni ozod etilganini olqişlaydi. Biz sud mulozimlarini oçiq va şaffof ötkazilgan, Özbekiston sud tartib-qoidalariga asoslangan sud jarayoni bilan qutlaymiz. 

Sud qarorida tergovçilar tomonidan “köplab protsessual qonunbuzarliklar” sodir etilgani ham qayd etilgan. Kelgusida bunday işlar takrorlanmasligi uçun Amerika Qöşma Ştatlari Özbekiston hukumatini bu qonunbuzarliklarni körib çiqib, tegişli çoralar körişga undaydi. 

Barça sudlanuvçilarning oqlanişiga oid bu qaror demokratik jamiyatda söz erkinligi neçoğli muhim ahamiyat kasb etişini yana bir karra tasdiqlaydi”, - deyiladi bayonotda.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 7 may kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan sudlanuvçilar Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Şavkat Olloyorov va Ravşan Salayevlar işi böyiça sud majlisi tugagandi. Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Şavkat Olloyorov va Ravşan Salayevlar sud majlisidan ozodlikka çiqarildi.