AQŞning Isroildagi elçixonasining Tel-Avivdan Al-Qudsga köçirilişi diniy ixtilofga yangi kuç beradi, deb hisoblamoqda Falastinni ozod qiliş taşkilotining Vaşingtondagi delegatsiyasi rahbari Xusam Zomlot.

“Baxtga qarşi, AQŞ ma'muriyati asrlar davomida barça dinlar uçun muqaddas bölgan şaharga egalik qilişga mutlaq huquqqa da'vo qilgan Isroil tomonini oldi. Elçixonaning köçirilişi munosib tinçlik örniga diniy ixtilofga yangi kuç beradi”, deb aytgan Zomlot.

Diplomatning aytişiça, elçixonaning köçirilişi AQŞ ikki davlatni közda tutuvçi yeçimga erişiş böyiça xalqaro sa'y-harakatlar taşabbusçisi bölgan davr yakun topganini bildiradi. Zomlotning fikriça, AQŞ uşbu mintaqada tinçlikparvar rolidan boş tortdi va Falastin atrofidagi mavhumlikni yanada kuçaytirdi.

AQŞning Isroildagi elçixonasi bugun, 14 may kuni Isroil taşkil topganining 70 yilligi kunida Al-Qudsga köçiriladi.