«Liverpul» mavsumning oxirgi turida «Brayton»ga qarşi öynadi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 4:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Öyinning 26-daqiqasida Muhammad Saloh hisobni oçdi. Tanaffus arafasida Deyan Lovren «Liverpul» ustunligini oşirdi. Ikkinçi bölimda Dominik Solanke va Endryu Robertson bittadan gol urib, yirik ğalabani ta'minladi.

Bu ğalaba evaziga «Liverpul» keyingi mavsumda Çempionlar ligasida iştirokini kafolatladi. Yurgen Klopp jamoasi mavsumni turnir jadvalidagi 4-örinda yakunladi, «Brayton» – 15-örinda qoldi.

2018/19 yilgi mavsumdan boşlab Angliyaning 4 jamoasi ham YeÇLni töğridan-töğri guruh bosqiçida boşlaydi.

«Nyukasl Yunayted» öz maydonida «Çelsi»ni qabul qildi. «Sent-Jyeyms Park» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Ğoliblar safida Ayose Peres dublni rasmiylaştirdi, yana bir gol Duayt Geyl nomiga yozildi.

Parallel keçgan uçraşuvda «Liverpul» «Brayton»ni tor-mor keltirgani tufayli mavsum yakunlariga köra beşinçi örinni egallagan «Çelsi» keyingi mavsumda Yevropa Ligasida iştirok etadigan böldi.

Şu tariqa, «Çelsi» 3 yil içida ikkinçi marta Çempionlar ligasiga yöllanma ololmayapti. 2015/16 yilgi mavsumda jamoa 10-örinni egallagan, keyingi mavsumda esa  APL çempioni bölgandi.

Joriy mavsumda «Çelsi» YeÇLning 1/8 finaliga çiqdi va «Barselona» tomonidan töxtatildi.

Angliya çempionati
38-tur
Liverpul – Brayton 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 26 Saloh, 2:0 – 40 Lovren, 3:0 – 53 Solanke, 4:0 – 85 Robertson.
Liverpul – Karius, van Deyk, Robertson, Aleksander-Arnold, Lovren, Mane (Lallana, 74), Henderson, Saloh (Vudbern, 84), Veynaldum, Firmino (Ingz, 84), Solanke.
Brayton – Rayan, Dank, Bong, Skelotto, Daffi (Goldson, 71), Març, Propper, Knokert, Kayyal (Gross, 57), Lokadiya (Myurrey, 57), Stivens.

Nyukasl – Çelsi 3:0 (1:0, 2:0)