Al-Qudsning “Beytar” futbol klubi AQŞ prezidenti Donald Trampga Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olişi qaroriga minnatdorlik sifatida öz nomiga uning nomini qöşib qöyişga qaror qildi. Bu haqda klubning Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilindi.

“70 yil davomida Al-Quds prezident Donald Tramp uni Isroilning abadiy poytaxti deb tan olmaguniça xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinişini kutgandi. Prezident Tramp jasorat va Isroil halqi hamda uning poytaxtiga haqiqiy muhabbatini körsatdi. Şaharning eng taniqli ramzlaridan biri “Beytar” AQŞ prezidentiga qöllab-quvvatlovi uçun minnatdorlik bildiradi. Klub prezidenti va egasi ijroçi direktor bilan birga jamoa nomiga tarixiy qarorni qabul qilgan AQŞ prezidenti nomini qöşişga qaror qildi. Endilikda klub “Beytar Tramp Iyerusalim” deb nomlanadi”, deb aytilgan klub bayonotida.
“Beytar” Isroilning 6 karra çempioni hisoblanadi. Klub 7 marta mamlakat kubogini, 2 marta Superkubogini qölga kiritgan.













