“Formula-1”ning “Mersedes” jamoasi poygaçisi Lyuis Hemilton Ispaniya Gran-prisi ğolibi böldi.
Marraga ikkinçi bölib Hemiltonning jamoadoşi Valtteri Bottas, uçinçi bölib “Red Bull” a'zosi Maks Ferstappen yetib keldi.
Umumiy hisobda Hemilton 5 ta poygadan keyin 95 oçko bilan yetakçilik qilmoqda, 2-örinda “Ferrari” vakili Sebastyan Fettel (78), 3-örinda Bottas (58) bormoqda.
Poyganing keyingi bosqiçi Monakoda 25-27 may kunlari bölib ötadi.












