13:20 / 14.05.2018
6319

Manchini o‘rniga «Zenit» murabbiyligi uchun 5 da'vogar bor

«Zenit»ning 2017/18 yilgi mavsumdagi o‘yinlariga tashrif buyurgan millioninchi muxlisga aylangan muxlisi Ivan Zamankov «Match» telekanali efirida «Zenit» bosh murabbiyligi uchun da'vogarlarning to‘liq ro‘yxatini keltirdi.

U jamoa sport direktoridan olgan ma'lumotga ko‘ra quyidagi nomlar ro‘yxatda: Mauritsio Sarri («Napoli»), Paulu Fonseka («Shaxtyor»), Xorxe Sampaoli (Argentina termasi), Marselo Galyardo («River Pleyt») va Sergey Semak («Ufa»).

«Malafeyev tabrikladi, avtomobil kalitini topshirdi. Bu juda yoqimli va shu bilan birgalikda ko‘zdan yosh oqizuvchi holat edi. U yana ayrim sirlarni oshkor qildi. U menga aytdiki «Zenit» bosh murabbiyligi uchun nomzodlar ma'lum. Bular Sarri, Fonseka, Sampaoli, Galyardo. Beshinchisi esa — men uchun eng yaxshisi Sergey Bogdanovich Semak», — degan muxlis.

Foto: Sport Ekspress

13 may kuni «Zenit» Roberto Manchini bilan o‘zaro shartnoma bekor qilinganini e'lon qildi.

«Zenit»ning «VKontakte»dagi rasmiy sahifasida esa jamoaning yangi murabbiyi kim bo‘lishi bo‘yicha muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Top