Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirişni rejalaştirgan fuqarolar uçun Özbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon ötkazişni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi, deb yozyapti Norma.
Eslatib ötamiz, Rossiya Federatsiyasining 25.07.2002 yildagi «Xorijiy fuqarolarning Rossiya Federatsiyasidagi huquqiy mavqei töğrisida»gi Federal qonuni 13.3-moddasiga muvofiq, rus tili, Rossiya tarixi va qonunçilik asoslari böyiça kompleks imtihondan (bundan keyin – kompleks imtihon) ötganlik töğrisidagi hujjatning mavjudligi xorijiy fuqaroning Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun patent olişining majburiy şarti hisoblanadi. Özbekiston hududida imtihon topşiriş imkoniyati Özbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati örtasida tuzilgan Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasi fuqarolarini tartibli ravişda qabul qiliş va jalb etiş töğrisidagi Bitimda nazarda tutilgan.
Özbekistonda uşbu imtihon 3 ta boş vakolatli oliy ta'lim muassasasida ötkaziladi:
• Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti;
• I.Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti;
• M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toşkent şahridagi filiali.
Ular bevosita kompleks imtihon ötkazadigan markazlarni oçişga haqli.
Qabul qilingan hujjatda hujjatlarni qabul qiliş tartib-taomili belgilangan. Markaz qabul qiliş boşlanganligi haqida özining veb-saytida va OAVda e'lon qiladi. E'londa quyidagilar körsatilişi şart: talab etiladigan hujjatlar röyxati, ularni qabul qiliş muddatlari, markazning manzili va murojaat uçun telefon raqamlari.
Hujjatlarni markaz direktorining buyruği bilan tayinlangan mas'ul xodim qabul qiladi. Hujjatlar qabul qilib olinganligi haqida tilxat beriladi, mas'ul xodim esa ularning saqlanişini ta'minlaşi şart.
Qabul qilingan hujjatlar asosida markaz direktori imtihon ötkaziş kunini belgilaydi. Kompleks imtihon ötkaziladigan kundan kamida 3 kun oldin talabgorga bu haqda xabar beriladi.












