Dunyodagi eng nufuzli odamlar reytingida taxminan yarmi – bu yirik korporatsiyalar rahbarlari. Ular qanday qilib muvaffaqiyatga erişdi va sayyora taqdiriga qanday ta'sir ötkazmoqda?
Bu yil Forbes talqiniga köra eng eng nufuzli odamlar röyxati 75 kişini öz içiga olgan. Reytingda siyosatçilar yetakçilik qilmoqda: birinçi örinni Xitoy xalq respublikasi raisi Si Tszinpin egalladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikkinçi bölgan bölsa, AQŞ rahbari Donald Tramp uçinçiga aylandi.
Biroq, dunyodagi eng nufuzli odamlar reytingi iştirokçilari orasida asosan Amerika kompaniyalari rahbarlari ham bor. Eng nufuzli rahbarlar top-10ligidan qiymati 5 trln dollar bölgan aktivlarni boşqaruvçi tadbirkorlar joy oldi. Darvoqe, bu Yaponiya YaIMga teng.
Jyeff Bezos

Foto: AP / TASS
Röyxatda Forbes tomonidan boyligi 12 sonli raqam bilan baholanuvçi tadbirkor yetakçilik qilmoqda. Jyeff Bezos Amazon kompaniyasi asosçisi. Uning boyligi bugungi kunda $132,6 mlrd.ni taşkil etmoqda. Kompaniyaning bozordagi qiymati - $779,2 mlrd. Şu bilan birga, sönggi bir yil içida kompaniya aksiyalari narxi 70 foizga kötarildi va şu tariqa Bezos Yerdagi eng boy odamga aylandi. Avgustda tadbirkor Whole Foods supermarketlar tarmoğini $13,7 mlrd.ga sotib oldi va klassik kitob dökonlarini oçdi. Şundan keyin Amerikaning yirik savdo tarmoqlari - Walmart, Kroger va Target aksiyalari bir neça kun içida 20 foizgaça yöqotişga uçradi. Sarmoyadorlar çakana tarmoqlar Amazon’ning sobiq raqobatçilari taqdirini takrorlaşidan qörqib ketişdi. Şunisi qiziqki, Bezos kompaniyasi daromadining asosiy manbasi internet-savdo emas, balki yiliga 1 mlrd dollar olib kelayotgan va 2004 yilda işga tuşirilgan Amazon Web Servies bulutli yeçimlar servisidir.
Larri Peyj

Foto: AP / TASS
Dunyodagi eng yirik qidiruv tizimi – Google’ga egalik qiluvçi Alphabet xoldingi rahbari Larri Peyj (boyligi $51 mlrd, Forbes reytingida 12-örin) dunyodagi eng nufuzli direktorlar reytingida ikkinçi poğonani band etdi. U Stenford paytidagi dösti Sergey Brin bilan birgalikda 1998 yilda Google’ga asos solgan. Keyinçalik ular Google’da havolali ranjlaş algoritmi bölgan PageRank’ni öylab topişdi. Şuningdek, 45 yoşli tadbirkor Kitty Hawk özi boşqariluvçi uçar taksilar loyihasi sarmoyadori hisoblanadi. Bugungi kunda Alphabet bozordagi qiymat böyiça faqat Amazon va Apple’dan ortda - $753,9 mlrd.



















