«Yuventus» Italiya çempionatining 37-turi doirasida «Roma» bilan mehmonda durang qayd etdi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida keçgan bellaşuv 0:0 hisobida yakunlandi.

«Yuventus» (92 oçko) uşbu natijadan söng, A Seriya turnir jadvalida «Napoli»ning (88) öziga yetib oliş imkonini yöqqa çiqardi va qatorasiga yettinçi çempionligini muddatidan avval rasmiylaştirdi. Şu tariqa, turinliklar Italiya çempionatini ketma-ket yutib oliş böyiça öz rekord körsatkiçlarini yangilaşdi. Bu körsatkiç böyiça ikkinçi öyin «Inter»da, u A Seriyani 2006-2010 yillar davomida beş marotaba yutib olgan.

Şuningdek, «Yuventus» Italiya çempionatidagi ğalabalar umumiy soni böyiça öz rekordini yangiladi – 34. Bunda ikkinçi örinni «Milan» va «Inter» bölişib turibdi (18tadan).