Yevroosiyo oliy iqtisodiy kengaşining sammitida Armaniston, Belarus, Rossiya, Qozoğiston va Qirğiziston rahbarlari Moldovaga YeOIIda kuzatuvçi davlat maqomini berişga qaror qildilar. Bu haqda RBK xabar tarqatdi.

Mamlakat prezidenti Igor Dodon uşbu maqomni oliş niyatida ekani haqida bir neça marta bayonot bilan çiqqandi. Moldova kuzatuvçiga aylangan birinçi mamlakat böldi. Bu maqom mamlakat prezidenti va boşqa mansabdor şaxslariga Yevroosiyo iqtisodiy kengaşi tadbirlarida qatnaşiş huquqini beradi, deya aniqlik kiritdi jurnalistlarga Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kollegiyasi a'zosi Tatyana Valovaya.

«Munozaralar, bahslar bilan biz umumiy yeçimlarga keldik», - deya aytib ötdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

«Moldovadan kuzatuvçi sifatida bizning birlaşma işida faol iştirok etişini kutib qolamiz», - deya qöşimça qilib ötdi Rossiya prezidenti.