Bugun, 14 may kuni Şayx Zayniddin jome masjidi majlislar zalida ilm-ma'rifat muxlislari intiqib kutgan ziyo anjumani bölib ötdi. Anjuman ustoz Odilxon qori Yunusxon öğlining “Kamtarlik va kibr” va “Ezgulik kuşandasi” nomli yangi kitoblari taqdimotiga bağişlandi. Tadbirda taniqli ulamolar, imom-xatiblar, ilm-ma'rifat muxlislari qatnaşdi.



Anjuman muqaddas Qur'oni karim tilovati bilan boşlandi. Dastlab, Özbekiston musulmonlari idorasi vakili Jaloliddin Nuriddinov kiriş sözi bilan oçib, Usmonxon Alimovning tabriklarini yetkazdi va mamlakatimizda din rivoji yölida olib borilayotgan islohatlar, kitob mutolaasining tobora kuçayib borayotgani xususida sözladi. Şuningdek, “Kamtarlik va kibr” va “Ezgulik kuşandasi” kitoblari haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. Mazkur asar kibr va manmanlik urçigan, ortiqça hoyu havasga mukkasidan ketganlar, ezgulik ildiziga bolta uruvçilar bir oz köpaygan bir davrda ğoyatda dolzarb ekanini ta'kidlab, “Avvalo oilaviy mutolaa qilişni tavsiya qilaman”, dedi.


Qolaversa, anjumanda ustoz Abdulloh Ismoil domla, Toşkent islom instuti rektori Uyğun Ğofurov, Özbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bölimi mudiri Rahimberdi Rahmonov va boşqalar sözga çiqib, ilm-ma'rifat hamda kitobning inson kamolotidagi muhim örni haqida sözladilar.















