Şimoliy Koreyada Pxungeri yadroviy poligonining bartaraf etilişi boşlab yuborildi. Bu haqda AQŞning 38North sayti 7 may kunida sun'iy yöldoşlar tomonidan olingan suratlarga tayanib ta'kidlamoqda. Poligonning buziliş marosimi 23-25 may kunlariga belgilangandi.
“7 maydagi sun'iy yöldoşdan olingan suratlar sinov poligonining demontaji töliq borayotganiga işonçli isbotlar keltiradi”, deb yozmoqda naşr.
Portalning ta'kidlaşiça, bir neçta yordamçi bino buzib taşlangan. Şuningdek, vagonetkalar uçun relslar olib taşlangan.
Recent commercial satellite imagery has provided definitive evidence that the #DPRK has begun dismantling the Pungge-ri Nuclear Test Sitehttps://t.co/ILVR1hpmlw
— 38 North (@38NorthNK) May 14, 2018
Ba'zi muhimroq inşootlar, jumladan ikkita eng katta bino – qömondonlik punkti va ma'muriy binoga tegilmagan. Şuningdek, tunnellarga kiriş joylari oçiq qolgan. Portalning taxminiça, bu poligonning yopilişi marosimida jurnalistlar iştirok etişi va tunnellar ularning köz öngida portlatilib buzilişi va ularga kiriş yöllari yopib taşlanişi bilan boğlangan bölişi mumkin.
Ma'lum qilinişiça, poligondan barça ilmiy xodimlar va qöriqçilar olib çiqiladi. Poligonning sinov şaxtasi portlatilib, söngra yer sirtidagi barça binolar buzib taşlanadi. Marosimda Janubiy Koreya, Xitoy, AQŞ, Buyuk Britaniya va Rossiyadan jurnalistlar iştirok etişa oladi.













