«Bas, qaçonki insonni zarar tutsa, Bizga duo qilur. Söngra unga Özimizdan ne'mat bersak, «Albatta, bu menga ilmim tufayli berildi», – der. Yöq! U sinovdir. Lekin ularning köplari bilmaslar». Zumar surasi 49-oyat.
Bu dunyoda Allohga şirku kufr keltirib, Undan özgaga iltijo qilib, Alloh zikr qilinganda, yuragi siqilib, peşonasi tirişib, Allohdan özgalar zikr qilinganda şodlanib yurgan insonni qarang!

«Bas, qaçonki insonni zarar tutsa, Bizga duo qilur».
Boşiga musibat tuşsa, balo-ofat kelsa, öşanday kimsa ham soxta xudolariga emas, Alloh taologa yolvoradi. Çunki musibat va balo-ofat rejasiz keladi, oldindan öylab, reja tuzib qöyib bölmaydi. Oğir musibat vaqtida manmanlik va takabburlik ham qolmaydi, insonning fitrati – sof tabiati oçiladi. Insonning fitratida esa Alloh taoloning vahdoniyatini tan oliş xususiyati bor. Şu bois, har qanday inson u qançalik kofir, qançalik muşrik bölmasin, boşiga musibat tuşib, zararga yuz tutsa, faqat Alloh taoloning Öziga yolvoradi.
«Söngra unga Özimizdan ne'mat bersak, «Albatta, bu menga ilmim tufayli berildi», – der».
Alloh taolo undan zararni olib, unga yana tinçlik-omonlik va ofiyatni bersa, u eski holatiga qaytadi. Alloh bergan ne'matni, tinçlik-omonlik, ofiyat va yaxşiliklarni öz ilmim, xatti-harakatim bilan topdim, deb da'vo qila boşlaydi.
«Yöq!»
«Yöq!» Bu da'vo notöğri. U berilgan ne'matlarni öz ilmi tufayli topgani yöq.
«U sinovdir».
Unga berilgan ne'mat, qani, bu ne'matga şukr qilarmikan yoki noşukrlik qilarmikan, degan sinovdir.
«Lekin ularning köplari bilmaslar».
Natijada özlariga berilgan ne'mat uçun Allohga şukr qiliş örniga, uni unday qilib topdim, buni bunday qilib topdim, deb maqtanib yuradi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
(Tafsiri Hilol kitobidan)










