Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Tanzila Norboyeva Şanxay hamkorlik taşkilotining Birinçi Ayollar forumida iştirok etiş uçun Xitoyga jönab ketdi.Bu haqda Xotin-qizlar qömitasi Axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Joriy yilning 15-18 may kunlari Pekin şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan «Ayollar kuçining birlaşişi, umumiy taraqqiyot sari harakat» mavzusidagi ŞHT Birinçi Ayollar forumida iştirok etayotgan Özbekiston delegatsiyasi tarkibiga Özbekiston Respublikasi Senati raisi örinbosari Svetlana Artikova, Maktabgaça ta'lim vaziri Agrepina Şin, «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori Dilorom Toşmuhammedova va «Soğlom avlod uçun» xalqaro nodavlat xayriya jamğarmasi raisi Svetlana Inomova kiritilgan.
Forumda asosan uçta masala muhokama etiladi: ayollar va innovatsiya, özaro manfaatli hamkorlik, ayollar va gözal olam. ŞHT a'zo davlat Hukumat rahbarlarining 16-yiğilişida qabul qilingan kommyunikeda e'tirof etilganidek, innovatsiya va raqamli iqtisodiyot - uzoq hamda örta muddatlarda iqtisodiyotni barqaror rivojlanişini ta'minlab beruvçi muhim omillardan biri.
Şuningdek, Ostona şahrida ötgan ŞHT sammitida ham erkin va xavfsiz iqtisodiyotni yaratiş, energotejamkor ğoyalarni tatbiq etiş masalasi kötarilgandi. Yuqorida qayd etilgan masalalar yuzasidan ŞHT ayollar forumi taşkil etilmoqda.
Eslatib ötamiz, 24 aprel kuni bölib ötgan Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar Taşqi işlar vazirlarining navbatdagi yiğilişi Tsindaodagi yirik sammit oldidan hal qilinişi zarur bölgan barça masalani körib çiqdi. Unda iştirok etgan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Şavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Tszinpinning ikki tomonlama uçraşuviga tayyorgarlik köriş yuzasidan xitoylik hamkasbi bilan fikr almaşdi.
Ma'lumot uçun, joriy yilning 9-10 iyun kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan ŞHT sammitida 2019-2021 yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş böyiça hujjat, ŞHT doirasida 2018-2022 yillarda uzoq muddatli hamkorlik, döstlik va yaxşi qöşniçilik töğrisidagi şartnoma, taşkilotga a'zo davlatlarning 2018-22 yillarda YuNeSKOda faoliyatiga doir, atrofni muhitni muhofaza qiliş konsepsiyasi, şuningdek,epidemiya xavfiga qarşi kuraşiş kabi hujjatlar imzolanişi kutilmoqda.











