Amazon yangi vositani sinovdan ötkazmoqda, uning yordamida maydonça sotuvçilari öz tovarlari reklamasini boşqa saytlarda joylaştirişi mumkin. Sinovda kompaniyaning tanlab olingan hamkorlari qatnaşyapti, deb xabar berdi Bloomberg manbalarga asosan.

Kompaniya sotuvçilarga reklama slotlarini boşqa saytlar va ilovalarda sotib olişni taklif etmoqda, şu tariqa qamrab oliş ham ortadi. Tizim Amazon’da reklama beruvçilarning körilgan tovarlari haqidagi ma'lumotni foydalanuvçilarga taqdim etadi. Sotuvçilar foydalanuvçi reklamaga bosgandagina pul oladi. 

Yangi reklama vositasi Amazon’ga öz daromadini reklama sotuvi orqali oşiriş imkonini beradi, deb yozmoqda Bloomberg. Hozirda kompaniya maydonçadagi har bir sotuvdan tuşgan komissiya va logistika xizmatlaridan pul topmoqda. Şuningdek, Amazon sotuvçilarga öz saytida reklama va tovarlarni qidiruv natijalari böyiça ilgari suriş xizmatlarini taklif etmoqda.

Amazon şunday bozorga çiqmoqdaki, bu yerda Google va Fransiyaning Criteo SA kabi marketing firmalari milliardlab dollar işlab topmoqda, deya yozadi Bloomberg. eMarketer tadqiqot kompaniyasi ma'lumotlariga köra, 2017 yilda Amazon reklamadan 1,7 mlrd dollar işlab topdi. Taqqoslaş uçun, reklama daromadining asosiy manbai bölgan Google, 2017 yilda bundan 95 mlrd dollar işlab topdi.