Arab davlatlari va Islom hamkorlik taşkiloti a’zolari rahbarlari Ğazoda öt oçişni zudlik bilan töxtatişga çaqirişdi.

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoz şahrida Arab davlatlari Ligasi (AL) va Islom hamkorlik taşkilotining (OIC) favqulodda qöşma sammiti ötkazildi. Tadbir Ğazo sektoridagi vaziyatga bağişlandi.

Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ğazo sektoridagi jangovar harakatlarni zudlik bilan töxtatiş va barça garovga olinganlarni ozod qilişga çaqirdi. U Arab davlatlari Ligasi va Islom hamkorlik taşkilotining qöşma sammitida şu haqda gapirdi.

«Bu xalqaro hamjamiyat va BMT Xavfsizlik Kengaşining Isroil tomonidan xalqaro gumanitar huquqning qöpol buzilişiga çek qöyiş va dunyoda qabul qilingan ikki tomonlama standartlarni ta’kidlaşga qodir emasligini isbotlagan gumanitar falokat», dedi u.

Uning sözlariga köra, mintaqada tinçlikka erişişning yagona yöli «Isroil işğoliga va noqonuniy aholi punktlariga barham beriş, Falastin xalqining huquqlarini tiklaş va 1967 yilgi çegaralarga qaytib, poytaxti Şarqiy Quddus bölgan davlat yaratişdir».

Sammitda sözga çiqqan Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos AQŞ ma’muriyatini Isroilga «muqaddas joylarni bosib oliş, huquqbuzarlik va tahqirlaşlarga çek qöyiş» uçun ta’sir ötkazişga çaqirdi.

«Heç qanday harbiy yeçim qabul qilinişi mumkin emas, çunki ularning barçasi muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Biz Ğazo sektori yoki Ğarbiy Sohildan xalqimizni siqib çiqarişga qaratilgan har qanday urinişlarni qat’iyan rad etamiz», dedi Abbos.

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy «Ğazo sektorida zudlik bilan barqaror öt oçişni töxtatişga» çaqirdi. Öz navbatida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Isroilni Ğazo sektorida harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarşi jinoyatlar sodir etişda aybladi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Isroil va Falastin örtasidagi mojaroning yakuniy yeçimiga erişiş uçun xalqaro tinçlik konferensiyasini çaqiriş zarurligini aytdi.

«Bizga bir neça soatlik tanaffuslar emas, balki Ğazo sektorida doimiy sulh kerak. Isroil tomonidan beayb odamlarning huquqi poymol etilişi xalqaro huquq doirasida jazolanişi lozim... Turkiya Ğazo aholisiga gumanitar yordam berişda davom etadi», dedi u.