Yevroittifoq Erondan keluvçi neftga tölovni amalga oşirişda dollardan yevroga ötişni möljallamoqda. Bu haqda RIA «Novosti» Bryusseldagi diplomatik manbaga asosan xabar berdi.
«Men şunday ma'lumotga egamanki, YeI Eron neftiga tölovni amalga oşirişda AQŞ dollaridan yevroga ötiş niyatidadir», - deya aytib ötgan manba.
YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining sözlariga köra, Yevroittifoq davlatlari kelayotgan bir neça hafta içida Eron bilan iqtisodiy aloqalarni qöllab-quvvatlaş va çuqurlaştiriş böyiça amaliy yeçimlar işlab çiqişga kelişib olgan.
Ma'lum bölişiça, gap neft va gaz, neft mahsulotlari bilan savdo qilişni davom ettiriş hamda samarali bank tranzaksiyalari haqida ketyapti.
Eslatib ötamiz, avvalroq Eron Trampning neft bozoridagi ikkiyoqlama öyini haqida ma'lum qilgandi.












