Yevropa ittifoqining taşqi siyosiy xizmati Kerç böğozi orqali köprik qurilişini Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligining buzilişi deb atadi.     

“Köprik qurilişi noqonuniy qöşib olingan Qrim yarimorolining Rossiya bilan majburiy birlaşişi va uning Ukrainadan yakkalanişiga qaratilgan. Köprik Kerç böğozi orqali Ukrainaning Azov dengizidagi portlariga kemalar ötişini çeklaydi”, deb aytgan YeIning taşqi siyosiy xizmati vakili Mayya Kosyançiç.  

Uning aytişiça, “Yevropa ittifoqi Qrim va Sevastopolning Rossiya tomonidan noqonuniy qöşib olinişini qoralaydi va bu xalqaro huquq buzilişini tan olmaydi”.

15 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin köprikning avtomobillar qismini oçdi. U köprikdan KamAZni boşqargan holda, öz ortidan 30 ta yuk maşinasidan iborat karvonni olib ötgan. Yöl 16 daqiqani egallagan. 

Qrim va Krasnodar ölkasini boğlovçi köprik Rossiyadagi eng uzun köprik hisoblanadi, uning uzunligi 19 kmni taşkil qiladi. 16 may kuni köprik avtobuslar va yengil avtomobillar uçun oçiladi.