Bugun, 16 may kuni Yevropa Ligasida final öyini ötkaziladi. Fransiyaning Lion şahrida «Marsel» va «Atletiko» klublari bellaşadi.
 
Qiziği şundaki, «Marsel» bu öyinda zafar quçsa, UYeFA Kubogi/Yevropa Ligasida ğalaba qozongan Fransiyaning ilk klubi bölişi mumkin. «Atletiko» esa öz tarixida uçinçi marta nufuzli sovrinni qölga kiritişi mumkin.

Taxminiy tarkiblar:

Marsel: Mandanda — Sakai, Rami, Luis Gustavo, Amavi — Zambo-Angissa, Sanson — Toven, Payye, Okampos — Jyermen
Atletiko: Oblak — Vrsalko, Ximenes, Godin, Lukas Ernandes — Koke, Saul, Gabi, Korrea — Grizmann, Diyego Kosta

Avvalroq, jamoalar yevrokuboklarda bir-biri bilan ikki marta töqnaş kelgan: Çempionlar Ligasi 2008/09 mavsumi guruh bosqiçida «Atletiko» öz uyida 2:1 hisobida ğalaba qozongan. Marselda esa 0:0 hisobi qayd etilgan.

Qiziqarli faktlar:

- «Marsel» öz tarixida ikki marta UYeFA Kubogi finalida öynagan: 1999 yilda «Parma» (0:3) bilan, 2004 yilda «Valensiya» (0:2) bilan;

- «Atletiko» öz tarixida ikki marta Yevropa Ligasi finalida öynagan: 2010 yilda «Fulhem» bilan (2:1), 2012 yilda «Atletik» (3:0) bilan;

- Fransiya klublari heç qaçon UYeFA Kubogi/Yevropa Ligasida ğalaba qozonmagan. «Marsel»dan taşqari, unda «Bastiya» (1977/78) va «Bordo» (1995/96) klublari ham öynagan;

- «Atletiko» futbolçilari Vitolo va Kevin Gameyro «Sevilya» bilan qatorasiga uç marta Yevropa Ligasi ğolibi bölişgan (2013/14, 2014/15, 2015/16).

Murabbiylar fikri.

«Marsel» boş murabbiyi Rudi Garsiya:

«Bizda ğalaba uçun imkoniyat köp emas, ammo bor kuçimizni sarflaymiz. «Atletiko»ga qarşi öyin - biz uçun katta voqea. Bu klub sönggi 4 yilda 2 marta Çempionlar Ligasi finalida öynagan. Avvalroq Yevropa Ligasida ham ğalaba qozongan. Ammo Fransiyada ötkazilayotgan final biz uçun ajoyib imkoniyat. Fransiya klublari bu turnirda biror marta ğalaba qozonmagan. Agar ğalaba qozonsak, juda zör bölardi».

«Atletiko» boş murabbiyi Diyego Simeone:

«Final juda zör böladi. «Marsel» turnirni ajoyib ötkazmoqda. Ularning murabbiyi öyinni juda yaxşi tuşunadi, tarkib ham maromida. «Marsel» yarimhimoya va hujumda xavfli. Öyin juda oğir böladi, bu aniq. Çempionlar Ligasini tark etgaç, bu turnirda ğalaba qozoniş iştiyoqida edik. Mana finalga ham yetib keldik. Afsuski, zaxira örindiğida bölmayman, ammo Xerman Burgosga işonaman. Biz bir xil fikrlaymiz, çunki köp yillardan buyon birga işlayapmiz».

Eslatib ötamiz, «Marsel» — «Atletiko» öyini 16 may kuni soat 23:45da boşlanadi.