Falastin milliy ma'muriyati Vaşingtondagi elçisini ortga çaqirtirib oldi. Bu AQŞ elçixonasining Tel-Avivdan Al-Qudsga köçirilişiga javoban amalga oşirildi.
Elçi 16 may kuni uyiga qaytadi. Vaşingtonda diplomatning çaqirtirib olinişiga izoh berilmagan.
Bundan taşqari, Falastin yetakçisi Mahmud Abbos AQŞning Al-Qudsdagi yangi elçixonasini “avanpost” deb atadi va elçixonaning köçirilişini qoralagan barçaga minnatdorlik bildirdi.














