Vazirlar Mahkamasining qarori bilan «Xavfsiz şahar» loyihasini amalga oşiriş böyiça bosqiçma-bosqiç tadbirlar va yagona texnologik yondaşuv tasdiqlandi.
1 oktabrga qadar tizimni yaratiş va yanada rivojlantiriş uçun yangilangan Kontseptsiyaning kelişilgan loyihasi ma'qullaş uçun taqdim etiladi, 1 dekabrgaça esa apparat-dasturiy kompleksni yaratiş va rivojlantiriş böyiça umumiy texnik topşiriq işlab çiqiladi.
TT ma'qullangandan söng, ikki oy mobaynida «Xavfsiz hudud», «Xavfsiz turizm», «Xavfsiz dam oliş», «Samarqanddagi yagona navbatçilik-dispetçerlik 112 xizmati», «Xavfsiz transport» loyihalarini amalga oşiriş uçun dastur tasdiqlanadi.
Şu bilan birga, Vazirlar Mahkamasiga kuzatuv vositalarini loyihalaştiriş, örnatiş, montaj qiliş, sozlaş, ta'mirlaş va texnik xizmat körsatişni taşkil qilişni tartibga soliş, şu jumladan videokuzatuv sohasida faoliyatini tartibga soliş böyiça takliflarni taqdim etiladi.












