Keyingi kunlarda internetda Toşkent viloyati Bekobod şahridagi 5-maktabning Muborak ismli öqituvçisi tomonidan darsni özlaştirmagan 1-sinf öquvçilarining peşonasiga ruçka bilan «2» raqamini katta qilib yozgani körsatilgan surat tarqaldi.

14 may kuni Bekobod şahri prokuraturasi Toşkent viloyati xalq ta'limi boşqarmasi bilan hamkorlikda uşbu holat yuzasidan tekşiriş boşladi.
Xalq ta'limi vazirligi uşbu holatni örganib çiqqan.
Vazirlik matbuot xizmatining «Kun.uz»ga ma'lum qilişiça, voqea şu yilning may oyi boşida Bekobod şahridagi 5-sonli umumta'lim maktabining 1-«J» sinfida sodir bölgan. Toşkent viloyati xalq ta'limi boşqarmasi tomonidan muassasada xizmat tekşiruvi ötkazilib, öquvçilarning kamsitilişiga yöl qöygani uçun barça mas'ul xodimlarga tegişliça çora körilgan.
Xususan, muassasada öquvçilarning huquqlari poymol etilişi, ularning qadr-qimmati kamsitilişiga şaroit yaratib bergani, maktabda nazoratni izdan çiqarib, ta'lim-tarbiya jarayonini qoniqarsiz holatga keltirgani, özining lavozim majburiyatlarini qöpol ravişda buzgani uçun maktab direktori D.Babamuratova bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilinib, egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Öz vazifasiga mas'uliyatsizlik bilan yondaşgani, qator xato va kamçiliklarga yöl qöygani uçun maktab direktorining öquv işlari böyiça örinbosarlari H.Razzoqova, G.Baymatova, O.Abdullayeva, ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosarlar I.Möminov, M.Röziyeva hamda pedagogga xos bölmagan xatti-harakatlari, öz öquvçisining kamsitilişiga yöl qöygani uçun boşlanğiç sinf öqituvçilari S.Rahmonova hamda M.Hamdamova bilan tuzilgan mehnat şartnomalari bekor qilingan.
Şuningdek, öz xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani, tasarrufidagi ta'lim muassasalarida öquv jarayonlarini nazorat qilmagani uçun Bekobod şahar xalq ta'limi bölimi mudiri M.Qözibayevga «hayfsan» berilgan, Bekobod şahar xalq ta'limi bölimi ma'naviy-ma'rifiy tarbiya va bolalarning ijtimoiy himoyasi böyiça şö'ba mudiri N.Musakova egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Toşkent viloyati xalq ta'limi boşqarmasi boşliği Şukur Burxonov öquvçilarning ota-onalari bilan uçraşib, ulardan bölgan voqea uçun uzr söragan.
«Mazkur holat tizimdagi barça ta'lim muassasalarida pedagoglar, mahalla faollari va keng jamoatçilik iştirokida muhokama qilindi. Voqea yuzasidan aniqlangan xato va kamçiliklarga huquqiy baho beriş uçun tegişli tartibda huquqni muhofaza qiliş organlariga ma'lumot kiritildi.











