Ijtimoiy tarmoqlarda öqituvçi tomonidan öquvçi oyoq kiyimi bilan kaltaklangani videosi tarqalgan edi.

Özbekiston OÖMTV Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi xabariga köra, pedagog işdan böşatilib, iş prokuraturaga ötkazilgan.

Gazeta.uz naşrida yozilişiça, tekşiruv ötkaziş natijasida, videomaterial 11 aprel kuni Urganç avtomobil yöllari kasb-hunar kollejida tasvirga olingani ma'lum bölgan. Biologiya fani öqituvçisi Z. Nafasova «öz majburiyatlari doirasidan çiqib, pedagog uçun nomunosib xatti-harakatlarni namoyiş etgan holda öquvçiga nisbatan jismoniy kuç işlatgan», deb qayd etdi markaz vakili.

Kollejda 13 aprel kuni ötkazilgan majlisda öqituvçilar va guruh rahbarlari bu kabi xatti-harakatlar uçun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangani töğrisida ogohlantirilgan. Şundan söng, kollej rahbariyati 2008 yildan buyon işlab kelayotgan Nafasova bilan tuzilgan mehnat şartnomasini bekor qildi.

Markaz vakili öqituvçi qanday ruhiy holatda bölişidan qat'i nazar, bu kabi harakatlarni mutlaqo oqlab bölmasligini ta'kidlab ötgan.

Video: Öqituvçi bemor onasi tufayli darsdan ketib qolgan öquvçisini urmoqda