«Barselona» hujumçisi Lionel Messi tarixda eng yaxşi futbolçi böliş uçun «Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu bilan raqobatlaşayotgani haqidagi fikrlarga izoh berdi.
«Tarixda eng yaxşi bölişga qiziqmayman. Heç qaçon birinçi, ikkinçi, uçinçi yoki törtinçi bölaman deb öylamaganman.
Yangi mavsum boşlanganida futbolçi sifatida yanada yaxşi bölişga intilaman, barça turnirlarda ğolib çiqişni istayman, har bir öyinda bor kuçimni sarflaşga harakat qilaman.
Tarixdagi eng yaxşi futbolçi maqomiga ega bölişning men uçun ahamiyati yöq. Har doim mukammallaşib borişni istayman. Heç kim bilan raqobatlaşmayman.
Men tarixda eng yaxşi böliş uçun emas, balki yildan-yilga kuçayib boriş va ğalaba qozoniş uçun öynayman», – deb Messi sözlarini keltirmoqda TyC Sports.












