Argentina terma jamoasi hamda "Barselona" hujumçisi Lionel Messi özining terma jamoadagi kelajagi haqida gapirdi.
"Argentina terma jamoasi 2018 yilgi jahon çempionatida ğolib bölmasa ham, baribir uning safida töp suraveraman. 2016 yilda terma jamoadan ketişim haqida e'lon qilganimdan keyin, katta xato qilganimni darhol tuşunganman. Doimo öz orzularing uçun kuraşni davom ettiriş kerak.
Kuçli "törtlik"ka kirsak, bu Argentinaning musobaqada yaxşi iştirok etganini anglatadi. Biz öz tariximiz sababli u yerda bölişga haqlimiz. Bu katta kuç va mehnatni talab qiladi, biroq biz "törtlik"ka kirişga majburmiz", – dedi Messi.











