Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi rahbari Azim Ahmadxöjayev Nokia kompaniyasining boş ijroçi vitse-prezidenti, kompaniyaning Yevropadagi rahbari hamda Digital Europe kompaniyasi prezidenti Markus Byorxert bilan uçraşdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Uçraşuvda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari yönalişida istiqbolda turgan hamkorlik masalalari yaqindan muhokama qilindi. Jumladan, kadrlar malakasini oşiriş, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy qiliş böyiça loyihalarga e'tibor qaratildi.
Jahonning uzoq yillik tajriba va tarixga ega kompaniyasi hisoblangan Nokia kompaniyasi 150 yildan buyon faoliyat körsatib kelmoqda. Bugungi kunda u mobil, simli va keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlari uçun uskunalar, IT-yeçimlar işlab çiqarişda xalqaro miqyosda tan olingan ekspert hisoblanadi.











