Tojikiston Respublikasi Ğazo sektorida tinç tarzda norozilik bildirgan önlab falastinliklarning halok bölişi bilan yakunlangan qonli töqnaşuvlarni keskin qoralaydi. Bu haqda Tojikiston Taşqi işlar vazirligi bayonotida aytiladi.

Tojikiston Respublikasi, BMT Xavfsizlik kengaşining hammaga ma'lum rezolyutsiyalari asosida nizoni hal qiliş zarurligini ta'kidlab, barça tomonlarni mintaqada tinçlik va barqarorlik asoslarini zaiflaştiruvçi harakatlardan voz keçişga çaqiradi, deyiladi bayonotda.

15 may kuni falastinliklar Isroil davlatining 1948 yil 14 mayda taşkil etilgani, arablarning Isroil hududidan ommaviy çiqarib yuborilgani munosabati bilan Nakba kuni yoki «Falokat kuni»ni nişonlaydi. 

Avvalroq, 10 mingga yaqin falastinlik Isroil bilan Ğazo sektorining ma'muriy çegarasi hududida töplangani xabar qilingandi. Ayrim namoyişçilar çegara tösiğidan ötişga urindilar.

Bundan taşqari, Al-Qudsda AQŞning yangi elçixonasi oçilişi falastinliklarning noroziligiga sabab böldi.

Ğazo sektorining ma'muriy çegarasida sodir bölgan tartibsizliklarda halok bölganlarning soni 60dan oşib ketdi, 2400dan ortiq falastinliklar yaralandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuni aparteidda ayblagandi.