Bugun, 16 may kuni Özbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumi majlisi bölib ötdi. Majlisda Özbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelişilgan holda Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşining qaroriga muvofiq birinçi marta lavozimiga tayinlangan sudyalarning qasamyod qabul qiliş marosimi bölib ötdi. 

KUN.UZ muxbirining xabar berişiça, majlisda Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşining2018 yil 8 maydagi qarori bilan ilk bor beş yillik muddatga sudyalik lavozimiga tayinlangan 19 nafar sudyaning qasamyodi eşitildi.

Yangi tayinlangan sudyalar zimmalariga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarişga, odil sudlovni faqat qonunga böysungan holda amalga oşirişga, beğaraz, xolis va adolatli bölişga qasamyod qilişdi.

Majlis iştirokçilari qasamyod qabul qilgan sudyalar, ularning oila-a'zolari va yaqinlarini uşbu muhim voqea bilan tabrikladi. Yuksak işonçni töla oqlaşlariga, fidoiylik bilan mehnat qilişlariga, qonuniy va adolatli qarorlar qabul qilişlariga işonç bildirişdi.

Tadbirda Oliy sud raisi K.Komilov Özbekiston Respublikasi sud-huquq tizimida ötkazilayotgan islohotlar haqida gapirib ötdi. 

- Sudya - bu gapiruvçi qonun. Ötgan bir yarim yil içida yurtimizda qanday özgarişlar bölayotganini körib turibsiz. 

Qabul qilayotgan qarorlaringizni oyda bir marta xalqning oldiga çiqib tuşuntiring. Xalq bilan birga böling. Yurişingizda, turişingizda sudyalik lavozimingizga loyiq bölişingiz şart. Hozir keçayu kunduz işlaydigan payt. Ertalab pokizalik bilan iş boşlab keçqurun pokizalik bilan uyga kirişingiz kerak. Xalq dardi bilan yaşang. 

Albatta, sudda bir taraf yutadi, boşqasi yutqazadi. Har bir qabul qilingan qarorlaringizni taraflarga uning mazmun-mohiyatini tuşuntirib berişingiz şart. Bu Oliy sud raisi sifatida sizga bergan birinçi topşiriğim böladi, - dedi Oliy sud raisi K.Komilov.

Qasamyod qabul qilgan sudyalarga guvohnoma va “Sudyalar odob-ahloqi qoidalari” kitobi topşirildi.