Ozarboyjon poytaxti Bokuda xalqaro dengiz savdo porti majmuasi oçildi. Alat posyolkasidagi portning oçilişi marosimida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev iştirok etdi. 

Majmua qurilişi 2010 yil noyabrida boşlangan, 2014 yil sentabrda esa portdagi inşootlardan biri – parom terminali foydalanişga topşirilgan. 2018 yil yanvarda esa Ro-Ro terminali oçilgan.

Port 117 gektar maydonni qamrab oladi va 12 ta priçaldan iborat. Portning yuk ötkaziş qobiliyati yiliga 15 mln tonnani, jumladan 100 ming konteynerni taşkil qiladi. 

Loyiha doirasida portning operatsion binolari, yuk maydonlari va omborlar, çegara va bojxona xizmatlari punktlari, umumiy hisobda 72 ta bino va inşoot qurilgan.

Portning konteyner maydonçasida bir vaqtda 1040 konteynerni joylaştiriş uçun va 64 ta muzlatgiç konteyneriga xizmat körsatiş uçun infratuzilma yaratilgan. 

Aliyev yangi Boku porti Ozarboyjonning transport salohiyatini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etişiga işonç bildirgan.

“Port qurilişi haqidagi qaror bir neça yil avval men tomondan qabul qilingan. Men Ozarboyjonning katta, transport, tranzit salohiyati borligini, davlatimiz jadal rivojlanişini bilardim. Bu qarorning qabul qilinişi siyosatimiz uzoqni közlovçi, har tomonlama puxta ekanligini körsatadi”, deb aytgan Aliyev.