Alloh taologa hamd bölsin-ki, muqaddas Ramazon oyiga ham yetib keldik. Bu oy çiroyli amallar qilinişi bilan boşqa oylardan ajralib turadi. Ana şunday amallardan biri keçalari qoim bölib, masjidga çiqib Taroveh namozini öqişlikdir.
“Taroveh” luğatda “orom oldiriş, dam beriş” ma'nolarida kelgan “tarveha” sözining köplik şaklidir. Istilohda Ramazon oyida xuftonning sunnati va vitr namozi örtasida öqiladigan namozga nisbatan işlatiladi. Namozning har tört rakatidan söng töxtab, dam olingani uçun “taroveh” deb nom berilgan.
Taroveh namozi yigirma rakat bölib, erkak va ayollar uçun sunnati muakkadadir. Payğambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Kim Allohdan savob umid etib, Ramazon namozini (tarovehni) öqisa, oldingi gunohlari keçiriladi”, deya marhamat qilganlar (Buxoriy, “Salotut-taroveh”, 1; Muslim, “Musofirin”, 174).
Ma'lumot örnida şuni eslatib ötiş joiz. Bugun, 16 may kuni mamlakatimizning barça masjidlarida Taroveh namozlari öqiladi. Uning vaqti har bir tuman va şahardagi jome masjidda öqiladigan hufton namozi vaqtiga töğri keladi.
Eslatib ötamiz, Toşkent şahrida ham bu yili mavjud 120 masjiddan 112tasida Xatmi Qur'on qilinadi. Qorilar röyxati bilan mazkur havola orqali tanişiş mumkin.
Toşkent şahri masjidlarida xatmi Qur'on ötkazib beruvçi qorilar röyxati e'lon qilindi











