Ostona iqtisodiy forumi vaqtida Eron va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) erkin savdo zonasi töğrisida vaqtinçalik bitimni imzoladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Vaqtinçalik bitimda bahslarni hal qilişning samarali mexanizmi nazarda tutilgan, jumladan, arbitraj. Arbitrlarni tomonlar aniqlaydi va kelişib oladi, şu jumladan, arbitraj joyi haqida. Şuningdek, tomonlarning yuqori mansabdor şaxslar darajasida qöşma qömita taşkil etilmoqda, biznes-muloqotni yölga qöyiş közda tutilgan», - deya aytib ötdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeOIK) Kollegiyasi rahbari Tigran Sarkisyan.
Uning sözlariga köra, vaqtinçalik bitim uç yillik muddatga imzolanadi, bu vaqtda tomonlar erkin savdo zonasi töğrisida töla şakldagi şartnoma böyiça kelişuvga erişişi lozim. Sarkisyanning ta'kidlaşiça, mamlakatlar muzokaraçilariga avvaldan tölaqonli kelişuvni işlab çiqiş borasida istiqbolli vazifa yuklatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Tojikistonga YeOII doirasida kuzatuvçi maqomiga ega böliş imkoniyatini körib çiqişni taklif qilgandi.









