Rossiyada ilk qirğiz qişloği “Ala-Too-1”ga asos solindi. Bu haqda “Ala-Too-1” kompaniyasi rahbari örinbosari Gulmira Kazibekova ma'lum qildi.
Qişloq Moskvadan 120 km uzoqlikda, Paxomovo stansiyasi yaqinida joylaşgan.

“Qişloq barpo etilgan yer Tula viloyatiga qaraşli, biroq Moskvaga yaqinroq, poytaxtdan maşinada bir soatlik masofada joylaşgan. Qişloqda hammasi bölib 600 ta yer maydoni sotilgan, taxminan 40 kişi uylarga joylaşgan. Elektr energiya bor, biroq gaz qişloqning yarmi qurilgaç ötkaziladi. Yaqin atrofda zavod, fabrikalar bor. Şu tufayli hamyurtlarimiz u yerga işga joylaşişlari, farzandlarini boğçalarga berişlari mumkin. Yer maydonini Qirğiziston fuqarosi pasporti böyiça sotib oliş mumkin”, deb ma'lum qildi Kazibekova.

Uning aytişiça, dastlab qişloqni quriş uçun 5 gektar yer sotib olingan.


“Rossiyadagi muhojirlarning deyarli 80 foizi Rossiya fuqaroligini olgan. Şu sababli bizning qişloq bölişini istadik. Ryazan viloyatida ham qirğizlarga yer sotila boşlanibdi. Biroq biz Rossiyada hozirça birinçi bölsak kerak”, deb qöşimça qilgan Kazibekova.











