Xitoy IT bozori, ulkan elektron tijoratning tuzilişi haqida söz yuritamiz.
Xitoyning uçta eng muhim internet-korporatsiyalari BAT deb yuritiladi: Baidu («Yandeks»ga öxşaş qidiruv tizimi, moliyalaştiriş $88 mlrd), Alibaba Group (elektron tijorat, 460 mlrd AQŞ dollari) va Tencent (ijtimoiy tarmoq va öyinlar, 466 mlrd AQŞ dollari ).

Ulkan qiymatdan taşqari, boşqa köplab kompaniyalarda yuqorida nomlari keltirilgan kompaniyalarning sarmoyalari mavjud. Bu maqolada Alibaba Groupbiznesini tahlil qilamiz.
Asosiy körsatkiçlar
Kompaniya qiymati 460 mlrd AQŞ dollariga teng. Bir yil avval bu körsatkiç bir yarim marta kam bölgan. Ulkan miqdor. 2017 yil uçun foyda 55 foizlik körsatkiç bilan 34 mlrd AQŞ dollarini taşkil qilgan.
Kompaniya asosi — ecommerce (elektron tijorat)-loyihalar. Ular foydaning 86 foizini taşkil qiladi. Serdaromad va boşqa taşabbuslarni moliyalaştiradi.
Xitoy içidagi Retail
AliExpressning ahamiyati töğrisidagi fikrlarga qarşi ölaroq, guruhning 74 foiz daromadi asosiy segment – içki savdoga töğri keladi.
TaoBao
Bu mahsulot marketpleysi, ya'ni bozori bölib, unda mayda olib-sotarlar ham, yirik brendlar ham savdo qiladi. Price comparison, ya'ni arzon iPhone ni topiş uçun narxlarni taqqoslaşda foydalaniladigan «Yandeks.Market»dan farqli ravişda , TaoBaodagi kiyim-keçakning faqat narxi soliştirilmaydi. Şuningdek, dökon saytiga ötiş ham yöq, savdo TaoBaoning özida amalga oşiriladi.
2003 yilda işga tuşirilib, ikki yil içida raqobatçilari ustidan ğoliblikka erişdi. Sotib olingan eBay EachNet ham bundan mustasno emas. Tekin listinglar va sotuvçilar bilan çat, Alipay orqali xavfsiz tölov kabi funksiyalar hisobiga ana şunday natijaga erişildi. Daromad listinglar hozir ham bepul, servis içida sotuvçilar reklamasi, reytingda yuqori örinlarga kötariş va boşqa funksiyalar hisobiga topiladi.














