AliExpress Rossiyada avtomobillarni onlayn sotişni yölga qöyadi, deb xabar berdi «Kommersant'».

Savdoga birinçi bölib Xitoyning Chery kompaniyasi özining Chery Tiggo 3, 4, 5 va 7 krossoverlarini qöyadi.

Kelgusida onlayn platformadagi avtomobil brendlari sonini oşiriş rejalaştirilgan. Kompaniya xaridorlarni qöşimça assortiment va maxsus takliflar orqali jalb etmoqçi.

AliExpress vakillarining aytişlariça, mijozlarning avtomobil va mototsikllarga möljallangan mahsulotlarga qiziqişi ançadan buyon kuzatilmoqda.

Avvalroq rossiyalik milliarder Alişer Usmonov AliExpress Russia’ni oçmoqçi ekanligi xabar qilingandi.