Ukraina taşqi işlar vaziri Pavel Klimkin Rossiya TIVning ukrain tilidagi xabariga izoh berdi. Unda rus amaldorlari Ukrainadan bölgan işqibozlarni futbol böyiça jahon çempionati-2018’ga taklif etişgan.
«Biz Rossiyani ukrain tilida gapirişga majburladik. Buni öz hisobimizga yozib qöyişimiz mumkin. Çiptalarni sotib olgan yoki buni endi qilmoqçi bölgan ukrainaliklar, barça xatarlarni e'tiborga olişi lozim.
Bu şaxsiy qaror. Har bir işqiboz öz vijdoni, yuragi, tuşunçasiga ega. Biz, albatta, hammaga yordam beramiz, biroq özingizga qarang…», - deya ma'lum qilgan Klimkin «Futbol 24»ga bergan intervyusida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina taşqi işlar vaziri fuqarolarni JÇ-2018ga bormaslikka çaqirgandi.












