Joriy yil boşidan buyon taxminan ikki million nafar yaqin xitoylik amaldor har ikki oyda bir marta musulmon oilalar istiqomat qilayotgan xonadonda yaşab çiqdi. Mutasaddilar oiladagi ijtimoiy-diniy iqlimni kuzatadi, oila a'zolarining siyosiy qaraşlarini tahlil qilib, hukumatga hisobot tayyorlaydi, deb yozadi Human Rights Watch taşkiloti. 

Taşkilot ma'lumotiga köra, uşbu dastur 11 million musulmon istiqomat qilayotgan Xitoyning Sintszyan-Uyğur avtonom hududida faollaştirilgan bölib, "Becoming family" (Oila bölamiz) nomi bilan ataladi. Dasturdan közlangan maqsad - etnik kamçilik taşkil qiluvçi xalqlarni umumiy xitoy madaniyatiga assimilyatsiya qiliş. 

HRW xitoylik amaldorlar mahalliy aholini majburan mandarin (xitoy) tilini örganişga undayotgani, davlat madhiyasini kuylatayotganiga işonadi. 

2014 yil dastur ilk marta amaliyotga tatbiq etilgan payt, 200 ming mutasaddi xodimlar oilalarga muntazam taşrif buyurişni boşlagandi. 2017 yil dekabrga kelib, ularning soni millionga yetdi. 

Odatda Xitoy hukumati jamoat xavfsizligini ta'minlaş uçun texnologik yeçimlardan foydalanadi. Masalan, jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bölgan şaxsni topiş uçun 60 ming kişi orasidan ham yuzni aniq taniy oladigan kameralarni işga soladi.