Al-Quds işlari böyiça vazir Zeev Elkinning ma'lum qilişiça, Ğazo sektorida önlab falastinliklarning ölimiga sabab bölgan töqnaşuvlar va AQŞ elçixonasining Al-Qudsga köçirilişi örtasida heç qanday boğliqlik yöq. Bu haqda u «Izvestiya»ga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Isroil bilan çegaradagi tartibsizliklar bir oydan beri davom etyapti. Ular sektorning özidagi muammoli vaziyat tufayli kelib çiqdi. Bu Falastin muxtoriyati yetakçisi Mahmud Abbos Ğazo sektoriga yönaltiriluvçi moliyalaştirişni keskin kamaytirgani va HAMAS özini yakkalatib qöyilgandek his etgani sababli röy berdi. Aynan öşa palladan boşlab tartibsizliklar sodir böldi», - dedi Elkin.

Uning qöşimça qilişiça, Amerika diplomatik missiyasining Al-Qudsga köçirilişi mojaro sababiga emas, balki uni keskinlaştiriş uçun qöşimça bahonaga aylandi. Siyosatçining ta'kidlaşiça, HAMASga Qöşma Ştatlar harakati emas, balki Isroildagi vaziyatni istalgan yöl bilan beqarorlaştiriş qiziqroqdir.

«Kuni keça HAMAS vakili halok bölganlar orasidagi 40 kişi HAMAS faollari ekanini aytib qöydi. Bu hammasi qançalik sahnalaştirilgani va ularning rahbariyati xalqaro jamoatçilik e'tiborini tortiş va öz izolyatsiyasini töxtatiş uçun oddiy odamlardan qanday foydalanganini körsatib berdi», - deya ta'kidlab ötdi Elkin.

Avvalroq, 10 mingga yaqin falastinlik Isroil bilan Ğazo sektorining ma'muriy çegarasi hududida töplangani xabar qilingandi. Ayrim namoyişçilar çegara tösiğidan ötişga urindilar. Bundan taşqari, Al-Qudsda AQŞning yangi elçixonasi oçilişi falastinliklarning noroziligiga sabab böldi. Ğazo sektorining ma'muriy çegarasida sodir bölgan tartibsizliklarda halok bölganlarning soni 60dan oşib ketdi, 2400dan ortiq falastinliklar yaralandi.

Eslatib ötamiz, bundan avval Al-Quds işlari böyiça vazir Falastin bilan nizo qanday şartda töxtaşini aytgandi.